Abdireymova S.
Ushbu ish maktabgacha ta'lim muassasalarida musiqa mashg'ulotlarining mohiyati va ularning tarbiyaviy ahamiyatini o'rganadi. Unda musiqa ta'limining maktabgacha ta'lim tizimidagi o'rni, o'yin jarayonida bolalarning musiqa va nutq qobiliyatlarini rivojlantirish usullari, musiqa tarbiyasining pedagogik kompetentsiyalari va didaktik o'yinlarning ahamiyati, musiqa orqali estetik tarbiya berishning yo'nalishlari va usullari, hamda bolalarning musiqiy qobiliyatlarini rivojlantirish hamda ijodiy qobiliyatlarini yuzaga chiqarishning ahamiyati atroflicha tahlil etilgan. Ishda O'zbekistonning musiqa merosi va milliy musiqa madaniyatining ahamiyati ham ta'kidlangan.