🔍

Akustika

Ushbu kitob akustika faniga bag'ishlangan bo'lib, unda tovushning fizik xususiyatlari, moddalar bilan o'zaro ta'siri, turli muhitlarda (gaz, suyuqlik, qattiq jismlar) tarqalishi, akustik hodisalar (reverberatsiya, rezonans), qurilish akustikasi va ultratovushning texnikada qo'llanilishi kabi masalalar ko'rib chiqilgan. Kitobda, shuningdek, qadimgi teatrlar akustikasi, gidrolokatorlar va ultratovushning tibbiyot hamda sanoatda qo'llanilishi haqida ma'lumotlar berilgan.

🔑 Kalit soʻz🎯 84.4%

Fizika

Ushbu oʻquv qoʻllanma fizika fanining "Elektrostatika, elektromagnitizm" boʻlimi boʻyicha masalalar va ularni yechishga oid uslubiy koʻrsatmalar keltirilgan boʻlib, qoʻllanma Davlat taʼlim standarti asosida 5330500 – “Kompyuter injiniringi” (AT-Servis), 5350100 – “Telekommunikatsiya texnologiyalari”, yoʻnalishlari boʻyicha tayyorlanayotgan mutahassislar bilimiga tegishli naʼmunaviy dastur va oʻquv rejalar asosida bakalavrlar (sirtqi) uchun ishlab chiqilgan. Umumiy fizikaning elektr va magnitizm boʻlimlariga doir 6ta mavzu boʻyicha masalalar keltirilgan. Mavzudagi masalalar talabalar uchun oʻrganilayotgan masalani yechish uslubini va tavsiyalar berilgan, hamda har bir mavzu uchun masalalar turlari tipologik boʻlinishi bilan bilan yechish misollari koʻrsatilgan. Masalalarni tushunish, yechish va nazariy materiallarni mustahkamlashda qoʻllanma yordam beradi.

🔑 Kalit soʻz🎯 73.0%