“Alpomish” dostonining lingvokulturologik xususiyatlari.
Ushbu magistrlik dissertatsiyasi oʻzbek xalqining eng qadimiy va milliyligini aks ettiruvchi durdona asari hisoblanmish "Alpomish" dostonining lingvokulturologik xususiyatlarini tadqiq etishga bagʻishlangan. Dostonning tilini, undagi soʻz boyligini, obrazlar tizimini, badiiy vositalarini, jumladan, oʻxshatish, metafora, mubolagʻa va sifatlash kabi lingvokulturologik birliklarni chuqur oʻrganish orqali oʻzbek xalqining milliy oʻziga xosligini, madaniyatini, turmush tarzini, maʼnaviy qadriyatlarini ochib beradi. Tadqiqotda dostonning umumiy nazariy xulosalari va lingvokulturologik jihatdan ahamiyati ham koʻrsatib oʻtilgan.