Amorf yarimo‘tkazgichlarning optik yutilish spektrlari va elektron holatlari zichligi
Ushbu avtoreferatda amorf yarimoʻtkazgichlarning optik yutilish spektrlari va elektron holatlari zichligini oʻrganish boʻyicha olib borilgan ilmiy tadqiqot ishlari natijalari keltirilgan. Tadqiqotda amorf uglerod (a-C) hamda amorf selen-oltingugurt qattiq qorishmasining (a-Se0.5S0.5) spektral xarakteristikalari oʻrganilgan. Tadqiqotdan olingan natijalar optik xossalari yaxshilangan optoelektronika asboblarini yaratish uchun foydali boʻlishi koʻrsatilgan.