Iqtisodiyotni diversifikatsiyalash sharoitida auditorlik xulosasi va hisobotini tuzishdagi muammolar va ularni bartaraf etish yo`llari
Ushbu kitob O'zbekiston Respublikasida auditorlik faoliyatini, xususan, auditorlik hisobotini tuzish va taqdim etishning nazariy va amaliy jihatlarini chuqur o'rganadi. Kitobda auditorlik hisobotlari va xulosalarining mazmuni, ahamiyati, tuzilish tartiblari, ularni tayyorlashdagi muammolar va ularni bartaraf etish yo'llari, shuningdek, xorijiy tajriba va xalqaro standartlarning ta'siri atroflicha tahlil qilingan. Kitob ikki qismdan iborat bo'lib, birinchi qismda auditorlik hisobotini tuzishning nazariy asoslari, ikkinchi qismda esa auditorlik hisobotini tuzish va taqdim etishdagi mavjud muammolar va ularni bartaraf etish yo'nalishlari yoritilgan.