Бухоро Халқ Совет Республикасидаги ижтимоий, иқтисодий ва маданий муносабатлар (1920–1924 йй.)
Ushbu avtoreferat Buxoro Xalq Sovet Respublikasi (BXSR) ning ijtimoiy, iqtisodiy va madaniy munosabatlarini (1920–1924 yillar) o'rganishga bag'ishlangan. Unda BXSRning ijtimoiy-siyosiy jarayonlari, iqtisodiy islohotlari, madaniy hayoti, shuningdek, xorijiy davlatlar bilan iqtisodiy-siyosiy aloqalari atroflicha tahlil qilingan. Tadqiqotda 1920–1924 yillardagi Buxoro Xalq Sovet Respublikasining shakllanishi, uning siyosiy-iqtisodiy va ijtimoiy-madaniy hayotidagi o'zgarishlar, shuningdek, uning tashqi siyosati va xalqaro aloqalari yangi arxiv materiallari asosida o'rganilgan.