BOMBYX MORI L. Tut ipak qurtining yadro poliedrozi kasalligiga qarshi kurashning seleksion va profilaktik chora-tadbirlarini ilmiy asoslash
Ushbu dissertatsiya mavzusi ipakchilikning eng muhim muammolaridan biri boʻlgan tut ipak qurtining yadro poliedrozi (sariq) kasalligini oldini olish va unga qarshi kurashishning yangi usullarini ishlab chiqishga bag'ishlangan. Tadqiqotda mahalliy va xorijiy navlardan foydalanib, kasallikka chidamli zotlar yaratish, stimulyatorlardan foydalanish orqali ipak qurtlarining hayotchanligi va pilla hosildorligini oshirish usullari ilmiy asoslangan. Tadqiqot natijalari iqtisodiy samaradorlikni oshirishga va ipakchilik sohasini yanada rivojlantirishga qaratilgan.