Boysun tumani oronimlarining lingvistik tadqiqi
Ushbu tadqiqot O‘zbekistonning Boysun tumanidagi oronimlar (joy nomlari)ning leksik-semantik va struktur xususiyatlarini lingvistik tahlil qilishga bag'ishlangan. Unda oronimlarining kelib chiqishi, ularning yasalish usullari, semantik turlari, geografik belgilar, milliy-madaniy va ijtimoiy omillarning ta'siri, shuningdek, turkiy va fors-tojik tillaridan olingan nomlar o'rganilgan. Tadqiqot davomida dunyoning turli tillaridagi oronimlar bo'yicha qilingan tadqiqotlarga, jumladan, Rossiya, Qalmiqiya, Tojikiston va boshqa hududlar oronimiyasiga oid ilmiy ishlar ham ko'rib chiqilgan. Boysun tumani oronimlarining leksik-semantik va etimologik jihatdan tahlili asosida ularning milliy-madaniy, ijtimoiy-siyosiy ahamiyati ochib berilgan. Tadqiqot natijalari asosida oronimlarni tasniflash va ularning lingvistik xususiyatlarini aniqlash bo'yicha ilmiy xulosalar chiqarilgan.