Бухгалтерия ҳисоби
Ushbu kitob O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalari uchun mo‘ljallangan bo‘lib, unda buxgalteriya hisobi asosiy tushunchalari, funktsiyalari, predmeti, usullari, pul mablag‘lari, xom ashyolar, asosiy vositalar, investitsiyalar, mehnatga haq to‘lash, xarajatlar, tayyor mahsulot, tovar, ish va xizmatlarni hisobi hamda ularni sotish, kapital, fondlar va moliya natijalarini hisobi kabi keng qamrovli mavzular yoritilgan. Shuningdek, soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar hisobi, moliya hisoboti hamda O‘zbekistonda investitsiya siyosatini nazarda tutilgan bo‘lib, u har qanday korxonaning o‘z faoliyatini samarali boshqarish, iqtisodiy rivojlanish va uning natijalarini tahlil qilish uchun zarur bo‘lgan barcha ma’lumotlarni o‘z ichiga oladi. Kitobda shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyotini xalqaro hamjamiyatga integratsiyalashuvi sharoitida barcha xalqaro standartlarni hisobga olgan holda, xalqaro standartlarga (International Financial Report Standards - IFRS) o‘tish yo‘li bilan amalga oshirish mumkinligi haqida ham ma’lumot berilgan.