Cephalometric analysis of representatives of the uzbek population
Ushbu monografiya o'zbek aholisi vakillarining sefalometrik tahliliga bag'ishlangan bo'lib, bu tibbiyotning stomatologiya, xususan, ortodontiya va jarrohlik stomatologiyasi kabi sohalari uchun muhim ahamiyatga ega. Tadqiqotda nafaqat yuz tuzilmasining anatomik xususiyatlari, balki turli etnik guruhlar bilan solishtirish hamda zamonaviy diagnostika usullari, jumladan, rentgen sefalometriyasi va boshqa texnologiyalar qo'llanilgan. Kitobda turli xil sefalometrik tahlil usullari, ularning afzalliklari va kamchiliklari, shuningdek, olib borilgan tadqiqotlar natijalari va ularning amaliy ahamiyati yoritilgan. Bu asar stomatologlar, ortodontlar va tibbiyot sohasidagi tadqiqotchilar uchun o'zbek populyatsiyasining yuz va jag' tuzilmasini chuqur o'rganishda muhim manba bo'lib xizmat qiladi.