Cynara scolymus l. ning organik moddalar va kul tarkibi
Ushbu maqolada Cynara scolymus L. (artishok) o'simligining organik moddalar va mineral tarkibi o'rganilgan. Maqolada artishokning qimmatli ozuqaviy xususiyatlari, dorivorlik ahamiyati va yem-xashak sifatida foydalanish imkoniyatlari ta'kidlangan. Mahalliy floramizda noan'anaviy o'simlik sifatida baholanadi. Tadqiqotlar natijasida artishokning turli rivojlanish davrlarida ozuqaviy moddalar va mineral elementlar miqdori aniqlangan. Maqolada sug'oriladigan va sug'orilmaydigan maydonlarda o'stirilgan o'simliklarning tarkibi o'rganilib, ularning o'zgarishlari tahlil qilingan. Artishokning chorvachilik uchun ahamiyati, ozuqaviy qiymati va mineral moddalarga bo'lgan ehtiyojni qondirish imkoniyatlari asoslangan.