Yog‘och konstruksiyalar
Ushbu kitob Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va Oʻrta Maxsus Ta’lim Vazirligi hamda Qarshi Davlat Universiteti tomonidan nashr etilgan. Unda yogʻoch konstruksiyalar tayyorlash boʻyicha texnologik ishlanmalar, jumladan, turli xil mebellar (stol, stul, kreslo)ni loyihalash va ishlab chiqarish jarayonlari batafsil yoritilgan. Kitobda asosiy eʼtibor talabalarning texnik ijodkorlik va dizayn koʻnikmalarini rivojlantirishga qaratilgan. Unda materiallar tanlash, texnologik jarayonlarni rejalashtirish, chizmalarni oʻqish, modellashtirish va tayyor mahsulotni sinash kabi muhim bosqichlar tushuntirilgan. Kitobda bunday ishlarni bajarish uchun zamonaviy usullar, uskunalar va texnologiyalardan foydalanish boʻyicha yoʻriqnomalar ham berilgan.