Dyuymchaxon
Ertakda farzand orzu qilgan ayol, sehrgar kampir bergan arpa donidan o'sib chiqqan gul ichidan bir dyuym keladigan qizaloq topadi. Ayol unga Dyuymchaxon deb ism qo'yadi. Dyuymchaxon baqaning o'g'liga xotin bo'lishdan qutulib, baliqlar, kapalak va may qo'ng'izi yordamida qochadi. Kuzda dala sichqonining uyiga panoh topib, ko'rsichqonning xotini bo'lishdan yana qochadi. Bahorda qaldirg'ochga yordam berib, uning yelkasida issiq o'lkalarga uchadi va elflar qiroliga turmushga chiqib Mayya nomini oladi.