Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini eksport qilish tizimini takomillashtirish
Ushbu kitob qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini eksport qilish tizimini takomillashtirishga bag'ishlangan dissertatsiya avtoreferati hisoblanadi. Unda Oʻzbekiston qishloq xoʻjaligi sektorining jahon bozoridagi raqobatbardoshligini oshirish, eksport salohiyatini kuchaytirish va shu orqali mamlakat iqtisodiyotini rivojlantirish masalari atroflicha tahlil qilingan. Tadqiqotda Oʻzbekiston qishloq xoʻjaligi mahsulotlari eksporti tizimidagi mavjud muammolar, ularni bartaraf etish yoʻllari, xorijiy davlatlar tajribasi va zamonaviy yondashuvlar asosida takliflar ishlab chiqilgan. Kitobda eksportni qoʻllab-quvvatlashning nazariy va amaliy jihatlari, balli-reyting baholash algoritmi, agrologistik klasterlar va kooperatsiyalarning roli hamda kelajak prognozlari keltirilgan.