English
Ushbu kitob ingliz tilini o'rganuvchilar uchun mo'ljallangan bo'lib, grammatika, lug'at, o'qish, yozish va gapirish ko'nikmalarini rivojlantirishga qaratilgan. Kitobda ingliz alifbosi, so'z turkumlari, zamonlar, gap tuzilishi, modal fe'llar, bog'lovchilar, predloglar va sifat darajalari kabi asosiy grammatik mavzular qamrab olingan. Shuningdek, kitobda turli xil mavzulardagi matnlar, dialoglar, mashqlar va testlar mavjud bo'lib, ular tilni amalda qo'llashni o'rgatadi.