Exogenous-constitutional obesity in children: risk factors and diagnosis criteria for cardiovascular disorders
Ushbu monografiya bolalarda ekzogen-konstitutsional semizlikning muhim mavzusini, uning yurak-qon tomir tizimi buzilishlarining rivojlanishidagi o'rni va diagnostika mezonlarini yoritadi. Kitobda semizlikning yurak-qon tomir buzilishlari rivojlanishidagi sabablari, bu jarayonlarning mexanizmlari, diagnostika usullari, shuningdek, davolash va oldini olish choralari batafsil tahlil qilingan. Tadqiqotda semiz bolalarda aniqlangan yurak-qon tomir buzilishlarining turli klinik va paraklinik belgilari, ularning rivojlanishiga ta'sir etuvchi omillar, xususan, genetik moyillik, homiladorlik davridagi patologiyalar, organizmdagi yallig'lanish jarayonlari, lipid va uglevodlar almashinuvi buzilishlari, ichak mikrobiotasining o'rni kabi jihatlar atroflicha o'rganilgan. Shuningdek, zamonaviy diagnostika usullarining (exo-kardiografiya, bioimpedansometriya) qo'llanilishi va ularning samaradorligi haqida ma'lumotlar berilgan.