G`ada as-Samman badiiy mahorati
Ushbu kitob G`ada as-Samman ijodiga bag`ishlangan bo`lib, unda adibning arab-isroil urushi mavzusini badiiy in`ikosi tahlil etiladi. Asosan "O`tgan yozning yong'ini" hikoyasi orqali urushning insonlar hayotiga ta`siri, vatanparvarlik va fojeaviy oqibatlar o`rganiladi. Hikoya qahramoni Navfa orqali arab xalqining milliy tragediyasi, ruhiy iztiroblari va vatan tuyg`usi ifodalanadi. Asarda qabriston obrazi muhim ahamiyatga ega bo`lib, u yerda Navfa xotirjamlik topadi. Shuningdek, asarda badiiylik, realizm va modernistik unsurlar uyg`unligi tahlil qilinadi.