G.Dauletova asarlarining lingvopoetik tahlili
Ushbu dissertatsiya G. Davletovaning ijodi va uning oʻziga xos tilidan foydalanish uslubini lingvopoetik jihatdan tahlil qilishga bag'ishlangan boʻlib, shoiraning ijodiyoti, tili, badiiy uslubi, she'riyatidagi lingvopoetik xususiyatlari, poetik individualizmi va qoraqalpoq tilining boy imkoniyatlaridan foydalanish mahorati oʻrganilgan. Tadqiqot davomida G. Davletovaning she'riy asarlaridagi metafora, metonimiya, sinekdoxa, oʻxshatish, frazeologizmlar va maqollarning lingvopoetik tahlili amalga oshirilgan. Xususan, G. Davletovaning ijodida uslubiy-semantik jihatdan oʻziga xos badiiy tasviriy vositalarning qoʻllanilishi, ularning badiiy asarda aks etishi hamda oʻquvchi qalbiga ta'sir koʻrsatishi tadqiq etilgan. Ushbu tadqiqotning ilmiy va amaliy ahamiyati aniqlangan hamda uning natijalari qoraqalpoq tili lingvopoetikasi boʻyicha nazariy bilimlarni takomillashtirishda muhim manba boʻlib xizmat qilishi koʻrsatib oʻtilgan.