Jigar diffuz kasalliklari - noalkogolli steatogepatit (epidemiologiyasi, xatar omillari, kechishi va profilaktikasining zamonaviy xususiyatlari)
Ushbu monografiya «Jigar diffuz kasalliklari - noalkogolli steatogepatit (NAStG)» mavzusiga bag'ishlangan bo'lib, uning epidemiologiyasi, xatar omillari, kechishi va profilaktikasining zamonaviy xususiyatlarini batafsil yoritadi. Tadqiqotda Farg'ona vodiysi aholisi misolida NAStGning tarqalishi, genderli xususiyatlari, yoshga bog'liq holda o'zgarishlari va turli xavf omillarining (chekish, gipodinamiya, noto'g'ri ovqatlanish, semirish, arterial gipertenziya, giperxolesterinemiya, giperglikemiya, gipertrigliseridemiya) ta'siri 21 yillik davomida o'rganilgan. Shuningdek, NAStGning klinik kechishi va unga hamrohlik qiluvchi kasalliklar (kardiokomorbidlik, respirator komorbidlik, gastroenterologik komorbidlik, nefrokomorbidlik, gemotologik komorbidlik) tahlil qilingan. Tadqiqot asosida NAStGning profilaktikasi va baholashning yangi innovasion texnologiyasi ishlab chiqilgan bo'lib, u tibbiy samaradorlikni oshirishga qaratilgan.