Gidrokreking qurilmasi misolida neft-gaz tarmog’ida texnologik jarayonlarni boshqarish tizimlarini ishlab chiqish
Ushbu kitob neft-gaz tarmog'ida texnologik jarayonlarni boshqarish tizimlarini ilmiy va amaliy jihatdan o'rganishga bag'ishlangan. Unda avtomatlashtirish tizimlarining ahamiyati, tarkibiy qismlari, hamda ularning nazariy va amaliy qo'llanilishi keng yoritilgan. Kitobda turli xil rektifikatsion ustunlar, ularning ishlash prinsipi, hamda ularni boshqarish tizimlari haqida batafsil ma'lumot berilgan. Ushbu kitob texnologik jarayonlarni boshqarish sohasida tahsil olayotgan talabalar, muhandislar va tadqiqotchilar uchun foydali bo'ladi.