Guvоhning yоki jаbrlаnuvсhining bilа turib yоlgʻоn kоʻrsаtuv berish jinоyаtlаrini tergоv qilishni tаkоmillаshtirish
Ushbu avtoreferat Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Akademiyasida Abdullayev Akmaljon Yoʻlchiboyevich tomonidan tayyorlangan doktorlik (PhD) dissertatsiyasining qisqacha mazmunini oʻz ichiga oladi. Dissertatsiyada guvoh yoki jabrlanuvchining bila turib yolgʻon koʻrsatuv berish jinoyatlarini tergov qilishni takomillashtirish masalalari ilmiy-nazariy va amaliy jihatdan tahlil qilingan. Xususan, "yolg'on guvohlik", "yolg'on koʻrsatuv" va "bila turib berilgan yolg'on koʻrsatuv" kabi tushunchalarga mualliflik ta'riflari ishlab chiqilgan, yolg'on koʻrsatuv berishga undovchi sabab va omillar aniqlanib, ular tasniflangan. Shuningdek, Jinoyat-protsessual kodeksiga tegishli oʻzgartishlar kiritish boʻyicha takliflar ishlab chiqilgan. Xalqaro tajriba asosida tadqiqot natijalari boʻyicha ilg'or taktikalar va usullar tavsiya etilgan.