Quyi Amudaryo iqtisodiy rayoni sanoatining rivojlanishi va hududiy tarkibini takomillashtirish
Ushbu dissertatsiya tadqiqoti Quyi Amudaryo iqtisodiy rayonida sanoatni rivojlantirish va hududiy tarkibini takomillashtirishga bag'ishlangan. Tadqiqotda mintaqaning sanoat tarmoqlari rivojlanishiga ta'sir etuvchi omillar, ularning hududiy tashkil etilishi, mavjud muammolar va istiqbollar tahlil qilingan. Zamonaviy nazariy-uslubiy yondashuvlar asosida sanoatni rivojlantirish bo'yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqilgan. Ekonometrik modellashtirish usullari qo'llanilgan va 2030 yilga qadar sanoat mahsuloti ishlab chiqarish hajmi prognoz qilingan. Tadqiqot natijalari O'zbekiston Respublikasi hududlarida sanoatni rivojlantirish bo'yicha ilmiy-amaliy va davlat dasturlarini ishlab chiqishda qo'llanilishi mumkin.