Tarmoq iqtisodi
Ushbu qo'llanma yengil sanoat sohasidagi mutaxassislar uchun mo'ljallangan. Unda iqtisodiyotning ob'ektiv qonunlari bilan tanishish, ulardan korxonada to'g'ri foydalanish, amaliyotda qo'llash yo'llari ko'rsatilgan. Qo'llanma funktsional iqtisodiy fanlarni o'rganishga asoslangan. Unda investitsiya, baho, ishlab chiqarish samaradorligi, mehnat unumdorligi, ish haqi, asosiy aktivlar, aylanma aktivlar, moliyaviy resurslar, mahsulot tannarxi, foyda, rentabellik, buxgalteriya hisobi, iqtisodiy tahlil va audit masalalari yoritilgan.