Isoptera turkum vakili-termitlarning Qoraqalpog’iston Respublikasida tarqalishi, ularning zarari va ularga qarshi kurash chora tadbirlari
Ushbu tadqiqot O'zbekiston Respublikasida, xususan Qoraqalpog'iston hududida keng tarqalgan termitlar bilan kurashishga bag'ishlangan bo'lib, unda termitlarning bioekologiyasi, ularga qarshi kurashish usullari, zararkunandalik xususiyatlari, ularning tarqalishi va ularga qarshi kurashish choralarini oldini olish bo'yicha batafsil ma'lumotlar berilgan. Tadqiqotda termitlar keltiradigan iqtisodiy zarar, ularga qarshi biologik va kimyoviy usullar, shuningdek, tadqiqot davomida olib borilgan ishlar hamda ularning natijalari haqida ma'lumotlar keltirilgan.