Baliqlarni o`rganishda turli ixtiologik usullardan foydalanish
Ushbu kitob baliqlar biologiyasi, ekologiyasi va o‘rganish usullari haqida batafsil ma’lumot beradi. Unda baliqlar sistematikasi, fiziologiyasi, o‘sish sur’atlari, serpushtligi va yoshini aniqlash usullari, shuningdek, suv havzalarida baliqlarni o‘rganish va ulardan oqilona foydalanish masalalari ko‘rib chiqilgan. Kitobda O‘zbekiston suv havzalaridagi baliq turlarining xususiyatlari, ularning tarqalishi, biologiyasi va xo‘jalik ahamiyati haqida ma’lumotlar keltirilgan. Kitob ixtiologiya, baliqchilik va gidrobiologiya sohalari bo‘yicha mutaxassislar, talabalar va qiziquvchilar uchun mo‘ljallangan.