Kichik biznes va tadbirkorlikni rivojlantirish orqali kambag‘allikni qisqartirish imkoniyatlari (Namangan viloyati misolida)
Ushbu dissertatsiya ishi kichik biznes va tadbirkorlikni rivojlantirish orqali Namangan viloyatida kambagʻallikni qisqartirish yoʻllarini tadqiq etishga bagʻishlangan. Tadqiqotda "kambagʻallik" tushunchasining iqtisodiy mazmuni, uning sabablari, turlari va tadbirkorlik faoliyatiga ta'siri ilmiy asoslangan. Shuningdek, jahon tajribasi va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli farmon va qarorlari asosida kichik biznesni rivojlantirish va kambagʻallikni qisqartirish boʻyicha amaliy tavsiyalar ishlab chiqilgan. Tadqiqot natijalariNamangan viloyatida kichik biznes va tadbirkorlikni rivojlantirishni ragʻbatlantirish hamda aholi bandligini ta'minlash va daromadlarini koʻpaytirish orqali kambagʻallikni qisqartirishga qaratilgan.