Respublikamiz suv havzalarida tarqalgan karpsimon baliqlar va ularning ahamiyati
Ushbu bitiruv malakaviy ishi O'zbekiston suv havzalarida tarqalgan karpsimon baliqlarning biologik xususiyatlari, ekologiyasi va ularning xalq xo'jaligidagi ahamiyatini o'rganishga bag'ishlangan. Ishda karpsimon baliqlarning sistematikasi, turlari, tarqalishi, ko'payishi, oziqlanishi va ekologik xususiyatlari batafsil yoritilgan. Shuningdek, O'zbekiston Qizil kitobiga kiritilgan karpsimon baliq turlari va ularni muhofaza qilish choralari ham ko'rib chiqilgan. Bitiruv malakaviy ishining bir qismi zoologiya darslarida baliqlar mavzusini o'tish metodikasiga bag'ishlangan bo'lib, darsning maqsadlari, vazifalari, jihozlari va asosiy mazmuni keltirilgan.