Korxonalarda kengaytirilgan takror ishlab chiqarishning iqtisodiy samaradorligini oshirish yo'llari
Ushbu bitiruv malakaviy ishi korxonalarda kengaytirilgan takror ishlab chiqarishning iqtisodiy samaradorligini oshirish yo'llari mavzusini bahs-munozara metodlari asosida o'qitish uslubiyotini ishlab chiqishga bag'ishlangan. Ishda mavzuning dolzarbligi, maqsadi, vazifalari, tadqiqot metodlari va natijalari bayon etilgan. Shuningdek, ta'lim metodikasi, xususan kasb-hunar kollejlarida nazariy ta'lim berish asoslari, dars o'tish metodikasi va faol usullar ko'rib chiqilgan. Ishning amaliy qismida Qarshi shahridagi "Davlat Ochilov" xususiy savdo korxonasi faoliyatining iqtisodiy tahlili keltirilgan, korxona rejasining bo'limlari va ko'rsatgichlari, korxonani zarar ko'rsatmay barqaror faoliyat yuritishni ta'minlash usullari ishlab chiqilgan. Bitiruv ishi xulosa va takliflar bilan yakunlangan.