Kesh tarixi va madaniyati (“Shahrisabz” davlat muzey-qo‘riqxonasi Materiallari asosida)
Ushbu dissertatsiya Qashqadaryo viloyati Shahrisabz davlat muzey-qo'riqxonasining arxeologik yodgorliklari va madaniy merosni saqlash, ilmiy-tadqiq qilish va ekspozitsiya qilish masalalarini o'rganishga bag'ishlangan. Tadqiqotda Shahrisabz muzey-qo'riqxonasining shakllanishi, fondlari, ilmiy-tadqiqot ishlari, ekspozitsiyalar tashkil etilishi va muzey faoliyatini takomillashtirish yo'nalishlari tahlil qilinadi. Shuningdek, O'zbekistonning moddiy madaniy merosini o'rganish va saqlash bo'yicha davlat siyosati va uning Shahrisabz muzey-qo'riqxonasiga ta'siri ham ko'rib chiqiladi. Tadqiqotda Xiva, Buxoro, Samarqand kabi shaharlarning muzey tajribasi bilan qiyoslanib, Shahrisabz muzey-qo'riqxonasining ilmiy-amaliy faoliyatini takomillashtirish bo'yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqilgan.