Kloprostin preparatini hayvonlarning bepushtligini davolashda qo‘llash
Ushbu doktorlik dissertatsiyasi qishloq xo'jalik hayvonlari, xususan, sigirlarda uchraydigan bepushtlik muammosini o'rganish, uning sabablarini aniqlash, samarali davolash usullarini ishlab chiqish va amaliyotga tatbiq etishga bag'ishlangan. Tadqiqotda kloprostin preparatining sigirlarning qon morfologik ko'rsatkichlariga ta'siri, shuningdek, bepushtlikni davolashda uning samaradorligi o'rganilgan. Tadqiqot natijalari asosida bepusht sigirlarni davolash va oldini olish bo'yicha tavsiyalar berilgan. Kitob chorvachilik bilan shug'ullanuvchi mutaxassislar, veterinarlar va qishloq xo'jaligi sohasi xodimlari uchun foydali bo'lishi mumkin.