Koinot tuzilishi va rivojlanishi haqidagi hozirgi zamon dunyoqarashlari
Ushbu kitob Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va Oʻrta Maxsus Ta'lim Vazirligi Farg'ona Davlat Universiteti Fizika-Matematika Fakulteti Fizika kafedrasi bitiruv malakaviy ishi bo'lib, unda "Koinot tuzilishi va rivojlanishi haqidagi hozirgi zamon dunyoqarashlari" mavzusining o'qitish metodikasi yoritilgan. Kitobda koinotning tuzilishi, rivojlanishi, astronomiya fani, yuqori energiyalar fizikasi, Koinotning katta portlash natijasida yaratilishi, galaktikalar va ularning evolyutsiyasi, yulduzlar, sayyoralar, tumanliklar, qora tuynuklar kabi mavzular qamrab olingan. Shuningdek, astronomiya o'qitishda axborot texnologiyalari va interfaol metodlardan foydalanish usullari ham tahlil qilingan.