Hisoblash matematikasi va programmalash masalalari
Ushbu kitob "Hisoblash matematikasi va programmalash masalalari" fanini o'rganuvchi talabalar uchun mo'ljallangan bo'lib, unda sonli usullar nazariyasi, xatoliklar, algebraik va transsendent tenglamalarni yechish usullari, interpolyatsiya, sonli differensiallash va integrallash, karrali integrallar, ayirmali tenglamalar va ularning yechimlari kabi masalalar laboratoriya ishlari va mustaqil ta'lim mavzulari orqali yoritilgan. Kitobda nazariy ma'lumotlar, masalalarning qo'yilishi, ularni yechish algoritmlari va Paskal tilida dasturlar keltirilgan. Shuningdek, oraliq va yakuniy nazorat savollari, test savollari va adabiyotlar ro'yxati ham mavjud.