Lokomotivlarga texnik xizmat ko‘rsatish asoslari.
Ushbu kitob "Lokomotivlarga texnik xizmat ko'rsatish asoslari" mavzusida bo'lib, O'zbekiston Respublikasi Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi huzuridagi Ilmiy-uslubiy birlashmalar faoliyatini Muvofiqlashtiruvchi Kengash tomonidan tavsiya etilgan. Kitobda lokomotivlarni ekspluatatsiya qilish, ularga texnik xizmat ko'rsatish, lokomotiv brigadalarining mehnatini tashkillashtirish kabi mavzular yoritilgan. Shuningdek, lokomotiv xo'jaligini boshqarish, lokomotiv parkini ekspluatatsiya qilish va uni tashkil etish, lokomotivlardan foydalanish hamda ishlashining ko'rsatkichlari bilan tanishtirish asoslari keltirilgan. Kitobda lokomotivlarni O'zbekiston temir yo'llarida qo'llaniladigan asosiy jihozlari, jumladan, uskunalar, jihozlar, texnik vositalar va ularning ekspluatatsiyasiga oid ma'lumotlar berilgan. Lokomotivlarni ta'mirlash va texnik xizmat ko'rsatish siklogrammalarini tuzish, ishchi-xodimlarni hisoblash hamda qish va yoz mavsumlariga tayyorlashga oid talablar ham yoritilgan.