Muzrabot tumani sharoitida lavlagi fitonematodalarining faunistik tahlili
Ushbu tadqiqot ishi Termiz davlat universiteti talabasi Omon turdiyev Azamat Abduxakim o'g'li tomonidan "Muzrabot tumani sharoitida lavlagi fitonematodalarining faunistik tahlili" mavzusida bajarilgan bo'lib, unda Muzrabot tumani sharoitida lavlagi o'simligining nematodalar faunasi o'rganildi. Tadqiqot davomida 120 ta tuproq va 90 ta o'simlik namunalari yig'ilib, umumiy hisobda 26 turga mansub fitonematodalar aniqlandi. Shuningdek, nematodalarning ekologik-taksonomik xarakteristikasi, tarqalishi va ularning o'simlikka ta'siri ham o'rganildi. Tadqiqot natijasida aniqlangan nematodalarning 5 ta ekologik guruhga bo'lingani, jumladan, devisaprobiontlar 11 tur, kasallik keltiruvchi fitogelmintlar 8 tur, kasallik keltirmaydigan fitogelmintlar 5 tur, pararizobiontlar 2 tur ekanligi aniqlandi. Tadqiqotda foydalanilgan adabiyotlar asosida hamda olingan natijalarga ko'ra, lavlagi o'simligini nematodalardan himoya qilish bo'yicha tavsiyalar berilgan.