Zamonaviy qurilish materiallari va konstruktsiyalari
Ushbu o’quv-uslubiy majmua «Zamonaviy qurilish materiallari va konstruktsiyalari» fani bo’yicha tayyorlangan bo’lib, o’zbekiston Respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi Namangan muhandislik-qurilish instituti, qurilish fakulteti, “Arxitektura” kafedrasi dotsenti v.b I.M.Qosimov tomonidan tuzilgan. Majmuada zamonaviy qurilish materiallari, ularning turlari, xossalari, qo’llanilishi va ishlab chiqarish texnologiyalari haqida batafsil ma’lumotlar berilgan. Jumladan, mineral va silikat tolali materiallar, betonlar, yog’och materiallari, shisha paketlar, shishaprofilitlar, gipskarton, gips bloklar, izolyatsion materiallar, pardozbop materiallar, pol qoplamalari, nanotechnologiyalar va boshqa ko’plab mavzular yoritilgan. Kitobda mavzularni o’zlashtirishga yordam beradigan turli metodlardan ham foydalanilgan.