Pentadetsil spirtini sianlash reaksiyasining makrokinetik qonuniyatlarini o`rganish.
Ushbu bitiruv malakaviy ishi pentadetsil spirtini ammiak bilan geterogen reaksiyaga kirishishini o'rganishga bag'ishlangan. Ishda katalitik reaksiyalar, geterogen katalizning makrokinetik qonuniyatlari, tashqi va ichki diffuziya sohalari kabi mavzular yoritilgan. Tadqiqot natijalari asosida pentadetsil spirtining nitrilga aylanish darajasiga ta'sir etuvchi omillar aniqlangan va reaksiya kinetikasining xususiyatlari o'rganilgan.