Ajdodlarimiz merosini o’rganamiz
Kitob "Ajdodlarimiz merosini o'rganamiz" nomli tadbir ishlanmasi bo'lib, unda o'quvchilarga ma'naviy tarbiya berish, ularda merosga hurmat hissini uyg'otish, tafakkurini, dunyoqarashini va nutqini rivojlantirish maqsad qilingan. Tadbir guruhlarda ishlash va bellashuv uslubida olib boriladi. Unda Alisher Navoiy va Zahiriddin Muhammad Bobur hayoti va ijodiga oid ma'lumotlar, sahna ko'rinishlari va boshqa materiallar keltirilgan. Tadbir davomida o'quvchilarning bilim va qobiliyatlari sinovdan o'tkaziladi.