O‘qituvchi nutqi madaniyati
Ushbu kitob "O‘qituvchi nutqi madaniyati" fanidan olingan boʻlib, unda nutqning mohiyati, uning turlari, nutqiy etiket va madaniyat, notiqlik sanʼati, Sharq va Gʻarb notiqligi, xalq ogʻzaki ijodida nutq madaniyati masalalari hamda zamonaviy notiqlik va notiqlar kabi muhim mavzular yoritilgan. Kitobda nutqning mohiyati, tarixiy rivojlanishi, zamonaviy jihatlari, turli davrlardagi buyuk notiqlar va ularning nutqiy mahorati haqida maʼlumot berilgan. Shuningdek, nutqning kommunikativ sifatlari, uslubshunoslik, nutq odobi va nutqiy etiket kabi masalalar ham atroflicha tahlil qilingan. Kitobning asosiy maqsadi - talabalarda nutq madaniyatini shakllantirish, ularning nutqiy malakasini oshirish, zamonaviy talablar asosida fikr bildirish qobiliyatini rivojlantirishdir. Kitobda o‘zbek nutqining o‘ziga xos jihatlari, boy merosi ham atroflicha yoritilgan. O‘rganilayotgan mavzular bilan bog‘liq ravishda har bir mavzu bo‘yicha savol va topshiriqlar, shuningdek, nazorat savollari va glossariy ham berilgan.