Qoraqalpog’iston Respublikasidagi korxonalarning atrof-muhitga bo’ladigan ta’sirini baxolash
Ushbu taqdim etilgan kitob O'zbekiston Respublikasidagi korxonalarning atrof-muhitga bo'ladigan ta'sirini baholash mavzusiga bag'ishlangan. Unda fan va texnika taraqqiyotining jamiyat, tabiat, inson va atrof-muhitga ta'siri, tabiiy ifloslanish manbalari, jumladan, Qoraqalpog'iston Respublikasidagi korxonalarning atrof-muhitga ta'sirini baholash atroflicha tahlil qilingan. Xususan, Qo'ng'irot soda zavodining ekologik ta'siri, atmosferaga tashlanadigan chiqindilar hamda ularning nazorati, atrof-muhitni muhofaza qilish choralari va usullari batafsil yoritilgan. Kitobda ekologik vaziyatni tahlil qilish, iqtisodiy va ijtimoiy omillarni hisobga olish, shuningdek, qonunchilik asoslari ham o'rin olgan.