🔍

Qush uyasida ko`rganini qiladi…mi

Ushbu maqolada rostgo'ylik va to'g'rilik fazilatlari haqida so'z boradi. Bolalarni to'g'ri tarbiyalashda xalq ertaklarining ahamiyati, ayniqsa "Egri va To'g'ri" ertagining ta'siri ko'rsatilgan. Farzandlarga yolg'on gapirmaslik, o'zimiz namuna bo'lishimiz kerakligi uqtiriladi. Imom Buxoriyning hadis yozishdagi e'tibori va ota-onalarning farzandlariga ta'siri haqida hikoyalar keltirilgan. "Iqror bo'ladi" ertagi misolida otaning sabr-toqati va farzandini to'g'ri yo'lga solish usullari tahlil qilinadi.

🔑 Kalit soʻz🎯 100.0%

O‘zbek adabiyotida qush obrazi talqinlari (“Zarbulmasal” asari misolida)

Ushbu dissertatsiya avtoreferati, Oʻzbek adabiyotida qush obrazining talqini, xususan, "Zarbulmasal" asari misolida, tahlil etilgan. Tadqiqot qush timsolining genezisi, mifologik va diniy qarashlardagi oʻrni, adabiy aloqalar va oʻzbek adabiyotining rivojlanishidagi oʻrni, shuningdek, Gulxaniyning "Zarbulmasal" asaridagi qush obrazlarining badiiy-estetik va ijtimoiy-falsafiy jihatlarini ochib berishga qaratilgan. Asarning badiiy vositalari, poetik usullari va muallif mahorati ham tahlil etilgan.

🔑 Kalit soʻz🎯 100.0%

Ochko’z qushcha

Kitobda ochko'z qushcha haqida ertak keltirilgan. Bir zamonlarda jarangdor ovozli kichkina qushcha bo'lgan ekan. Uning nomi "Bu meniki" ekan, chunki u har safar qir-adir va daryolar ustidan uchib o'tayotib "Bu meniki, bu meniki!" deya chirqillarkan. Bir kuni qushcha osmonda uchib borayotib mevasi g'arq pishib yotgan bir daraxtga ko'zi tushibdi. Daraxtning mevasi shunchalnk ko'p ekani qushcha ularni bir o'zi bir yilda ham yeb bitira olmasligi aniq. Buning ustiga daraxtning yon-atrofida birorta ham qush zoti ko'rinmaskan. Qushcha o'zining bunday topilmasidan behad xursand bo'lib, asta daraxt shoxiga kelib qo'nibdi. U shoxdan shoxga sakrab, mevalami cho'qib yeya boshlabdi va tez orada qorni to'yib qolibdi. Biroq u bu daraxtni boshqa qushlar ham topib olib, uning mazali mevalarini yeb tugatishidan juda xavotirlanibdi. Qushcha qo'rquvga chiday olmay, ovozining boricha "Bu meniki, bu meniki, bu meniki!" deya chirqillabdi. Qushcha shunchalik qattiq chirqillabdiki, uning ovozini tevarak-atrofdagi qushlamnng hammasi eshitibdi. Ular biror hodisa yuz bermadimikin, degan xayolda zum o'tmay o'sha yeiga uchib kelishibdi. Qushlar bu yerda ajoyib, mazali mevalar g'arq pishib yotganini ko'rishibdi-yu, yopirilib o'zlarini mevalaxga urishibdi. Birpasda hamma mevalami cho'qilab yeb tugatishibdi-yu, yanaqaytib uchib ketishibdi. Mittigina ochko'z qushcha shipshiydan bo'lgan daraxt atrofida chir aylanganicha "Bu meniki, bu meniki!" deb chirqillab qolaveribdi.

🔑 Kalit soʻz🎯 74.3%