Rangtasvir
Ushbu qo'llanma rangtasvir san'ati bo'yicha nazariy va amaliy bilimlarni kengroq berishga qaratilgan. Unda rangshunoslik, kompozitsiya, perspektiva kabi rangtasvirning asosiy elementlari haqida ma'lumotlar berilgan. Kitobda tasviriy san'atning turlari va janrlari, ularning xususiyatlari, ranglarning nomlari va gammasi, iliq va sovuq ranglar, akvarel va guash bo'yoqlari bilan ishlash texnikalari, kompozitsiya qoidalari, interyer, fazo, atrof-muhitning tasvirga ta'siri kabi masalalar yoritilgan. Qo'llanma tasviriy san'at o'qituvchilari, talabalar va san'atga qiziquvchilar uchun mo'ljallangan.