Qishloq xo‘jaligida yer resurslaridan samarali foydalanishning geografik xususiyatlari
Ushbu tadqiqot Samarqand viloyatida qishloq xo'jaligi yer resurslaridan samarali foydalanishning geografik xususiyatlarini o'rganishga bag'ishlangan. Unda O'zbekiston va Samarqand viloyatining yer resurslaridan foydalanish holati, mavjud muammolar va ularning yechimlari atroflicha tahlil qilingan. Shuningdek, yer resurslaridan foydalanishning ilmiy asoslari, samaradorligini oshirish yo'llari, mavjud muammolar hamda ularning yechimlari bo'yicha takliflar berilgan.