So‘x tumani toponimlarining leksik-semantik tadqiqi
Ushbu avtoreferat Farg'ona viloyati So'x tumanining toponimlarini leksik-semantik jihatdan tadqiq etishga bag'ishlangan. Tadqiqotda toponimlarning kelib chiqishi, shakllanishi, rivojlanishi, semantik guruhlari, leksik-semantik va lingvokulturologik xususiyatlari oʻrganilgan. Soʻx tumani toponimiyasining tarixiy, ijtimoiy-siyosiy va madaniy jihatlari ham tahlil qilingan. Ishda, shuningdek, toponimlarning tasnifi, geografik obyektlarga nom berishning qonuniyatlari va ularning lingvistik tadqiq metodlari ham koʻrsatib oʻtilgan. Tadqiqot natijasida Oʻzbekistonda toponimika sohasiga oid ilmiy-nazariy va amaliy bilimlarni boyitishga hissa qoʻshilgan.