Tezyurar temir yo′l magistrallarni elektrlashtirish.
Ushbu kitob O‘zbekiston temir yo‘llarida tezyurar magistral liniyalarini elektrlashtirishga bag‘ishlangan bo‘lib, yuqori tezlikdagi harakatlanuvchi tarkiblar uchun zarur bo‘lgan kontakt tarmoqlarning tuzilishi va ularning texnik-iqtisodiy jihatdan samaradorligi, shuningdek, ularni loyihalash va ekspluatatsiyaga kiritish jarayonlariga oid muhim ma’lumotlarni o‘z ichiga oladi. Kitobda yuqori tezlikdagi temir yo‘llarning rivojlanish tarixi, asosiy tushunchalari, texnik xarakteristikalari va muhandislik yechimlari, shuningdek, turli mamlakatlarning (Germaniya, Ispaniya, Fransiya, Italiya, Xitoy, Yaponiya, Rossiya) tezyurar temir yo‘llaridagi kontakt tarmoqlarning konstruktsiyalari va ularga qo‘yiladigan talablar batafsil yoritilgan.