The english language
Ushbu kitob Oʻzbekiston oliy va oʻrta taʼlim muassasalari talabalari uchun moʻljallangan boʻlib, ingliz tilini oʻrganishda, ayniqsa, ogʻzaki nutqni rivojlantirishga qaratilgan. Kitobda turli mavzulardagi matnlar jamlangan boʻlib, ular talabalarning lugʻat boyligini oshirish, grammatik bilimlarni mustahkamlash va erkin fikrlash qobiliyatini rivojlantirishga xizmat qiladi. Matnlar ingliz tilida soʻzlashuvchi mamlakatlar madaniyati, tarixiy obidalari, mashhur shaxslari va kundalik hayotiga oid maʼlumotlarni oʻz ichiga oladi. Shuningdek, kitobda har bir matn boʻyicha savollar va lugʻat berilgan boʻlib, ular talabalarning tushunish darajasini tekshirish va yangi soʻzlarni oʻzlashtirishga yordam beradi.