Anorganik kimyo fanidan laboratoriya ishlari uchun uslubiy ko’rsatma
Ushbu kitobda anorganik kimyo fanidan laboratoriya mashg'ulotlari uchun uslubiy ko'rsatmalar berilgan. Unda moddalarning sinflanishi, oksidlar, asoslar, kislotalar, tuzlar, metallarning kimyoviy ekvivalentlari, eritmalar, kuchli va kuchsiz elektrolitlar, ion almashinish reaksiyalari, suvning ion ko'paytmasi, tuzlarning gidrolizi, oksidlanish-qaytarilish reaksiyalari, metallarning kuchlanish qatori, temir va ruh birikmalarining xossalari kabi mavzularga doir laboratoriya ishlari bayon etilgan.