Shoshilinch holatlar va tez-tibbiy yordam
Ushbu darslik «Shoshilinch holatlar va tez-tibtiy yordam» fanidan 6-kurs talabalari uchun tibbiyot institutlarida o‘quv jarayonini tashkil etishga mo‘ljallangan. Unda shoshilinch holatlar va tez-tibtiy yordam fani, uning maqsadi, vazifalari, asosiy tushunchalari, klassifikatsiyasi, diagnostikasi, birinchi tibbiy yordam va UASH taktikasi, shuningdek, har bir mavzu bo‘yicha nazariy va amaliy mashg‘ulotlar, talabalarning mustaqil ishlari va baholash tizimi batafsil yoritilgan. Shuningdek, darslikda qo‘llaniladigan zamonaviy axborot va pedagogik texnologiyalar, o‘qitish usullari, baholash mezonlari, shoshilinch tibbiy yordam ko‘rsatishda foydalaniladigan asosiy dorilar va muolajalar haqida ham maʼlumot berilgan.