Vocabulary
Ushbu kitob O'zbekiston Respublikasi Oliy va O'rta Maxsus Ta'lim Vazirligi tomonidan Al-Xorazmiy nomli Urganch Davlat Universitetining Jahon Tillari Fakulteti uchun "Ingliz tili" kafedrasi qoshida "Vocabulary" fanidan laboratoriya ishi sifatida tayyorlangan. Kitob talabalarga ingliz tilidagi so'z boyligini oshirish, yangi so'zlarni o'rganish va ularni amaliyotda qo'llash ko'nikmalarini rivojlantirishga qaratilgan. Uning maqsadi talabalarga berilgan mavzular asosida yangi so'zlarni o'rganishga, ularni kommunikatsiyada ishlatishga va amaliy mashg'ulotlar orqali so'z boyligini mustahkamlashga yordam berishdir.