Использование информационных технологий при изучении китайского языка
Ushbu kitobda O'zbekiston Respublikasi Oliy va O'rta maxsus ta'lim vazirligi Toshkent davlat sharqshunoslik instituti Xitoyshunoslik fakulteti professor-o'qituvchilari, katta ilmiy xodim va ilmiy tadqiqotchilarining an'anaviy ilmiy-uslubiy anjumanida taqdim etilgan ilmiy maqolalar va tezislarning to'plami jamlangan. Maqolalar xitoyshunoslikning til va adabiyot, iqtisodiyot va tashqi siyosat, tarix, falsafa va pedagogika kabi sohalariga oid dolzarb masalalarni nazariy va amaliy jihatdan hal etishga bag'ishlangan. Kitobda, shuningdek, xitoy tilini o'qitishda informatsion texnologiyalardan foydalanishning samaradorligi, talabalarning o'quv jarayonida faolligini oshirish, mustaqil ta'lim olishlarini rag'batlantirish va ularning nutqiy faolligini rivojlantirish masalalari ham ko'rib chiqilgan. Kitobdan xitoyshunoslikka qiziquvchi barcha o'quvchilar foydalanishlari mumkin.