Ta’lim muassasalari akademik guruhlari talabalarining ma’lumotlar bazasi bilan ishlovchi dasturiy ta’minot ishlab chiqish
Ushbu bitiruv malakaviy ishida talabalar davomatini nazorat qilishning avtomatlashtirilgan tizimini yaratish va uni Yii freymwork yordamida ishlab chiqish hamda pedagogik texnologiyalarini ishlab chiqish masalalari yoritilgan. Ishda dastlab axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining rivojlanishi, web-serverlar, PHP va MySQL kabi dasturlash tillari va ularning PHP freymworki bilan integratsiyasi tahlil qilingan. Soʻngra, Yii freymworki yordamida talabalar davomatini nazorat qilish tizimini shakllantirish bosqichlari, jumladan, ma'lumotlar bazasini yaratish, tegishli modellar, kontrollerlar va boshqa fayllarni hosil qilish hamda ularni sozlash jarayoni batafsil bayon etilgan. Shuningdek, tizimni yaratishda foydalanilgan pedagogik texnologiyalar va mashg'ulotlarning tashkil etilishi ham koʻrsatilgan.